Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan oktyabr oyidagi avtomobil narxlari tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari. Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko‘p foydalanilgan Lacetti, Damas, Labo’ning o‘rtacha narxi sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz, 6,3 foiz va 2 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3 foiz, 0,6 foiz va 3,5 foizga arzonladi. Ko‘p foydalanilgan Spark avtomobilining o‘rtacha narxi 2,2 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 2,9 foizga oshgan bo‘lsa, Cobalt va Nexia narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan Equinox narxlari sezilarli o‘zgargan bo‘lsa, Malibu va Tracker narxlari deyarli o‘zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan Equinoxʼning o‘rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5 foiz va 6,3 foizga arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani 1,9 foizga oshdi.
Equinox uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha: kam foydalanilgan - 33 000 (33 500) dollar, o‘rtacha foydalanilgan — 30 000 (32 000) dollar; ko‘p foydalanilgani — 27 000 (26 500) dollar.
Elektomobil narxlari: oktyabr oyida elektromobillar narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, BYD Han avtomobilining ko‘p foydalanilgani o‘rtacha narxi 10,2 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 2,6 foizga hamda yangisi 2,2 foizga pasaydi. BYD Song Plus EV Champion’ning o‘rtacha foydalanilgani 7,5 foizga, yangisi 1,2 foizga arzonlashdi.
Elektomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha:
Alpha version: 0.9.1.19 build 111420 | Инструменты