Huawei 1
Dunyodagi eng yirik marjon topildi

Olimlar Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismidan dunyodagi eng katta marjonni topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Marjon 300 yildan ortiq vaqt yashagan bo‘lishi mumkin. Olimlar marjonning o‘lchami ko‘k kitdan ham katta ekanini ta’kidlagan. U jigarrang, ammo unda qisman boshqa ranglar ham uyg‘unlashgan. 

“Men xaritada kemaning qulagan joyi ko‘rsatilgan hududga sho‘ng‘idim va shunda marjonni ko‘rdim”, deydi ekspeditsiya a’zosi.

Ekspeditsiya davomida olimlar marjonni o‘lchash uchun maxsus o‘lchov chizig‘idan foydalangan.

“Marjonning kengligi – 34 metr, uzunligi – 32 metr, balandligi – 5,5 metrni tashkil qildi”, deyiladi xabarda.

Kashfiyot Ozarbayjonda o‘tkazilgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 sammiti davomida e’lon qilingan.

Marjon Pavona clavus turiga mansub bo‘lib, u qisqichbaqalar, baliqlar va boshqa dengiz hayvonlarining yashash joyiga aylangan. Ushbu namunani o‘rganish orqali olimlar o‘tgan dengiz sharoitlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni aniqlashga umid qilmoqdalar.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) hisobotida iliq suvlardagi marjonlarning 44 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida ekanligi qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111500 | Инструменты