Huawei 1
14-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O'zbekistonda oktyabr oyida elektromobillar sotuvi oshdi

Hududlar bo‘yicha olib borilgan tahlillar elektromobillar segmenti faol rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda, xususan, eng ko‘p sotuvlarning o‘sishi Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan.

Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va "Muruvvat" internat uylarida 2025-2026 yillarda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sport inshootlarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sport toʻgaraklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston bolalar, erta va majburiy nikoh muammosiga ega davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekistonda bolalar nikohi eng past ko‘rsatkich – 3,4 foiz bo‘lib, so‘nggi o‘n yil ichida sezilarli darajada kamaygan. Biroq, ba’zi muammolar saqlanib qolgani qayd etilgan.

AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning mintaqadagi arxeologiya va madaniyatni saqlash sohasidagi yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi

Qayd qilinishicha, 12 oy davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarildi.

Qozog‘iston Olmaota va Toshkent o‘rtasida turistik poyezd qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda

Mazkur sayohat Olmaota-Turkiston-Toshkent-Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi va to‘rt kun davom etadi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarini 30 foizga oshiradi

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlar oshgan.

“Yil imomi”ga Haj yoʻllanmasi topshirildi

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi “Yil imomi – 2024” musobaqasida gʻolib boʻlgan Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir Nasriddinovga Haj safari yoʻllanmasini topshirdi.

Xususiy sektorning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniya O'zbekistonga 3 mln yevro grant ajratadi

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati katta loyiha direktori Ilka Starrost "O‘zbekistonda xususiy sektorga ko‘mak va iqtisodiy siyosatlar bo‘yicha maslahatlar" loyihasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Ipoteka subsidiyalarini olish uchun arizalarni baholash mezonlari o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan fuqarolarga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan katta inspektorga sud hukmi o‘qildi

Holat yuzasidan sud ishi JIB Guliston shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Bosh prokuratura: Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan

Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlar davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan. 8 nafar shaxs, shu jumladan Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan. Bir nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111501 | Инструменты