Berlin metrosida zo‘ravonlik holatlari kuchaygani sababli faqat ayollar uchun vagonlar joriy etilishi kerak. Bu haqda Yashillar partiyasidan Berlin deputatlar palatasi a’zosi Antje Kapek ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida Berlin jamoat transportida jinsiy jinoyatlar soni 3,6 barobarga oshgan. Birgina o‘tgan yilning o‘zida Berlin metrosida 391 ta shunday hodisa qayd etilgan, jumladan, 145 tasi metroda, 132 tasi S-Bahn poyezdlarida.
“Kapek stansiyalarda favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuvlari bilan aniq belgilangan joylarni, shuningdek, faqat ayollar foydalanishi mumkin bo‘lgan vagonlarni mashinist orqasida yoki poyezd oxirida ajratishni taklif qilmoqda”, deb yozadi Bild.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111501 | Инструменты