Huawei 1
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 1,5 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida 1,5 milliard dollardan ortiqqa oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oylik 1,52 milliard dollar o‘sish bilan, 36,6 milliard dollarni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori 9,26 milliard dollarga yetgan.

Regulyator ilk bor zaxiralarga oid maʼlumotlar tarkibida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha statistikani taqdim etdi. Unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar 35 million dollarni tashkil etgan. Avvalroq Markaziy bank birinchi marta xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritgandi.

Shuningdek, regulyatorning boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi sezilarli oshib, 422,7 million dollarni tashkil etgan. Boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori esa bir oy davomida 1,2 milliard dollarga oshgan. Natijada, ko‘rsatkich yil boshidagi 8,8 milliardni qayd etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты