Qirg‘izistonning ommabop Alliance-press.kg axborot-tahlil agentligi portalida "TDTga a’zo mamlakatlar bilan xalqaro transport aloqalari jadal rivojlanib bormoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Nashrda Transport va kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash iqtisodiy aloqalarning yanada taraqqiy etishi va TDTga a’zo mamlakatlar hamda mintaqalarning umumiy rivojlanishida muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.
Hozirgi kunda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. "Xususan, o‘tgan yilda O‘zbekistonning TDTga a’zo mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 10 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 3,6 milliard dollarni, import hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etdi", – deb yozgan Qirg‘iziston OAV.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning TDT davlatlari bilan 2023 yil eksport-import yuk tashish hajmi 15,5 million tonnani tashkil etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning umumiy xalqaro yuk tashish hajmidagi 24 foiz ulushi hisoblanadi.
TDT doirasida O‘zbekistonning eng yirik hamkori Qozog‘iston bo‘lib, umumiy yuk tashuvlardagi ulushi 72 foizni (11,2 million tonna) tashkil etadi. Ikkinchi asosiy ulush Qirg‘iziston davlatiga to‘g‘ri kelib 3,3 million tonna (21 foiz) tashkil etdi. Ozarboyjon bilan tashishlar 69,5 ming tonna Turkiya davlati bilan esa 937,8 ming tonnaga yetdi.
O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan o‘zaro tovar aylanmasi 2023 yil davomida 8,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
"Ushbu tuzilma doirasida transport sohasida erishilgan eng yirik kelishuvlar 2022 yil 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti 9-sammitida imzolangan "Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro qo‘shma yuk tashish to‘g‘risida"gi bitim va "Transport aloqalari dasturi" hisoblanadi", – deb xabar qilgan Alliance-press.kg.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты