Huawei 1
O'zbekiston Kuvaytda logistika markazini tashkil qiladi

O'zbekiston Kuvaytda oziq-ovqat, to'qimachilik, charm, gilam va boshqa O'zbekiston tovarlari saqlanadigan yirik ombor qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov ma'lum qildi, deya xabar beradiAl jarida.

Diplomatning so'zlariga ko'ra, keyinchalik uning asosida O'zbekistondan fors ko'rfazi mamlakatlariga mahsulot yetkazib berish uchun mintaqaviy logistika markazi tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlari yo'lga qo'yilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты