Iordaniya mamlakatimizdan qishloq ho‘jaligi mahsulotlari importi amalga oshirilishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.
O‘zbekiston eksportyorlaridan gilos, limon, olma, piyoz va sarimsoq piyoz kabi mahsulotlarni Iordaniya bozorida sotish uchun zararkunandalardan tozalash talab etiladi.
Endilikda o‘zbek giloslarini ushbu davlatga eksport qilish uchun fitosanitariya guvohnomasiga qo‘shimcha tasdiqlovchi band kiritilgan. Unga ko'ra, jo‘natma Pseudomonas syringae va Quadraspidiootus pernicious zararkunandalaridandan xoli ekanligini ko‘rsatish hamda -0,5 – +05°C haroratda 20 kun davomiy ravishda muzlatish yetarli hisoblanadi.
Diplomatiya missiyasi O‘zbekiston tadbirkorlarini yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda arab mamlakatlari bozorida munosib o‘rin egallashga chaqiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты