Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 559 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan.
Rezina shinalar ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 % ga oshgan.
2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 19 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 397 ming dona yengil avtomobil shinalari import qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты