O'zbekistonda AI-80 markali benzin narxi 6 000-6 500 so’mgacha arzonlashdi - Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ bilan birgalikda AI-80 markali benzin mahsuloti boshlang’ich narxlari shakllanilishi yuzasidan o’tkazgan tahlillar va ishlab chiqarish jarayonidagi ba’zi xarajatlarning kamaytirilishi hisobiga 1 litr benzin mahsuloti narxi 7 555 so’mdan 6 500 so’mga yoki 16 foizga arzonlashtirilishiga erishildi.
Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, “O’zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ va boshqa tegishli idoralar hamkorligida tuzilgan ishchi guruh benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko’rmoqda.
Xususan, birja savdolarida joriy yil 10-14 yanvardagi AI-80 markali avtomobil benzinining o’rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi uchun 2021 yil 15-19 noyabrdagi haftalik kotirovkaga nisbatan o’rtacha 9,6 mln so’mdan 6, 7 mln so’mgacha yoki 30 foizga pasayishiga erishildi.
Ko’rilayotgan choralar o’z navbatida, ichki bozorda chakana narxlar pasayishiga ijobiy ta’sir etdi va AYOQSHlarda sotilayotgan AI-80 markali benzin narxlari 6 000-6 500 so’mgacha yoki 25 foizgacha arzonlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61305 | Инструменты