Huawei 1
O'zbekistonda alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 10,2 % ga oshdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 056 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi 2023 yilning mos davriga nisbatan 10,2 % ga oshgan.

Alyuminiy simlar ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yillarda quyidagicha:

2022-yilda - 1 229,8 tonna;

2023-yilda - 1 866,2 tonna;

2024-yilda - 2 056 tonnani tashkil etgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston ichki bozorda yiliga 300 ming tonnagacha misni qayta ishlashni rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31400 | Инструменты