Ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida to‘xtaldi.
Mashhur brendlar o‘zi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.
Endi mahsulotlarni faqat o‘zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi ta’kidlandi.
Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-bo‘yoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar bo‘yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bog‘lashi zarurligi aytildi.
Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vyetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida to‘qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.
Yig‘ilishda O'zbekistonda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Misol uchun, kelgusi yil oktyabrda Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona bo‘lgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi. Bu nafaqat salqin ichimliklar, balki kosmetika, maishiy kimyo, oziq-ovqat yo‘nalishidagi brendlar uchun tayyor xom ashyo bazasi.
Shu munosabat bilan o‘nlab nufuzli brendlar bilan ishlab, ularni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi.
Umuman, brendlarni jalb qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi:
- nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari qoplab beriladi;
- mashhur brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mahalliylashtirishni kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan ular uchun zarur bo‘lgan barcha xom ashyolar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- mahsulotini kamida 30 foizini brend ostida ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyoz va yengilliklar beriladi;
- yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O‘zbekistonda ishlaganlik uchun to‘lovlar undirilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты