Surxondaryo viloyati, Denov tumanida ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv chiqarish tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda.
Nazorat davomida "Nurli Diyor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkorlik subyekti – “Ch.U.O” xususiy korxonasi tomonidan ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holati aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. "Surxondaryo suv ta'minoti" AJga yetkazilgan zarar miqdori 41,658 mln so‘m etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz: Noqonuniy ulanish holatlari qonunbuzarlik bo‘lib, bunday harakatlar nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki halol iste’molchilar manfaatlariga ham putur yetkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11618 | Инструменты