Huawei 1
Eronda “Xojagon-naqshbandiya tariqati va yetti pir” monografiyasi nashr etildi

Xojagon-naqshbandiya tariqati tarixi, ta’limoti va uning rahbarlari sanalmish – yetti pirning hayoti, faoliyati va ta’limoti dunyo ilm ahli tomonidan hamisha tadqiq etib kelingan.

Bu borada yurtimizda olib borilgan tadqiqotlar natijasini o‘zida aks ettiruvchi «Xojagon-naqshbandiya tariqati va yetti pir» monografiyasi Eronning Tehron shahridagi «Mavlo» nashriyotida fors tilida nashr etildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma’lumotida.  

Mazkur tadqiqot Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimovga tegishli bo‘lib, e’tiborlisi, shu paytga qadar eronlik tarixchi, adabiyotshunos, dinshunos va tasavvufshunos olimlar tomonidan xojagon-naqshbandiya tariqati o‘rganilgan bo‘lsa-da, haligacha Eronda O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan mazkur tariqat  namoyandalari to‘g‘risida biror-bir tizimli tadqiqot amalga oshirilmagan edi.  

O‘zbek tasavvufshunosi asarining mazkur forscha nashri Eron va Afg‘oniston kabi mamlakatlarda xojagon-naqshbandiya tariqatini o‘rganish ishida muhim va foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.  

Shuningdek, Pokiston, Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda yashovchi forsiyzabon o‘quvchi hamda tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan ushbu tarjima boy ilmiy va ma’naviy meros sifatida xorijiy mamlakatlarda ajdodlarimizning ilmiy salohiyatini targ‘ib etuvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11618 | Инструменты