Huawei 1
O'zbekistonda yetishtirilgan uzum AQShga eksport qilindi

O'zbekistonda yetishtirilgan uzum AQShga eksport qilindi

O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Nyu-Yorkdagi "Uzbek-American Trade House" va Toshkent shahridagi "GardenCells" mas'uliyati cheklangan jamiyati o'rtasida tuzilgan yangi eksport shartnomasiga asosan AQShga 1,7 ming tonna yangi uzum mahsuloti havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkazildi.

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) talablariga muvofiq qadoqlangan uzum Amerikaning "NetCost" oziq-ovqat savdo markazlari tarmog'ining Nyu-York shtatidagi savdo nuqtalariga tarqatildi.

O'zbekiston uzumiga mahalliy aholi tomonidan yuqori qiziqish bildirilmoqda. Shu bois, yangi partiyaga buyurtma berildi va har hafta 3-4 tonna miqdorida uzum eksport qilishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты