O‘tgan yil oxirida Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berish hajmini deyarli ikki barobarga oshirdi. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yuk eksporti hajmi 29%ga oshib, 10 mln tonnani tashkil etgan. Asosiy eksport mahsuloti don bo‘lib, uning yetkazib berish hajmi 3,5 mln tonnani tashkil etgan.
Qozog‘iston ko‘mirining O‘zbekiston bozoriga eksporti yil davomida 82,3%ga yoki 1,4 mln tonnaga oshib, 3 mln tonnani tashkil etdi.
Shuningdek, temir yo‘l orqali neft mahsulotlari, qora metallar, kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar yetkazib berish amalga oshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты