Huawei 1
Qozog‘iston O‘zbekistonga olib chiquvchi yangi temiryo‘lni 2027 yilda ishga tushirmoqchi

Qozog‘iston 2027 yilda O‘zbekistonga ulanuvchi yangi temiryo‘lni foydalanishga topshirmoqchi. Qiymati salkam 550 mln dollar bo‘lgan Darvoza–Maqtaorol liniyasi Sariog‘och–Toshkent liniyasiga muqobil yo‘l bo‘lib, Sariog‘och stansiyasidagi yuklamani kamaytiradi, deya ma’lum qildi “Qozoston temiryo‘llari”.

Kompaniya axborotiga ko‘ra, qurilish ishlariga 46 ta yo‘l-qurilish texnikasi va 70 dan ortiq xodim jalb etilgan.

Loyiha doirasida 203 km masofada rels-shpal panjaralarini yig‘ish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozir 100 km masofada bu ishlar yakunlangan. Rejadagi 9,5 mln kub tuproq ishlarining 1,4 mln kubi (15 foiz) bajarib bo‘lingan.

Darvoza–Maqtaorol temiryo‘li O‘zbekiston va Qozog‘istonni yaqinlashtirishdan tashqari, Turkiston viloyatining ikki olis tumani – Maqtaorol va Jyetisoyni Qozog‘istonning boshqa qismlari bilan bog‘laydi.

Qiymati 286 mlrd tenge (545,8 mln dollar) bo‘lgan loyihani “Qozog‘iston temir yo‘llari” (“Samruk-Xazina”ning portfel kompaniyasi) amalga oshirmoqda.

Qurilishi 2023 yilda boshlangan loyiha doirasida 9 ta temiryo‘l stansiyasi hamda Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasida yangi o‘tkazish punkti ochilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10711 | Инструменты