Rossiyaning eng yirik marketpleyslaridan biri Ozon O'zbekistonda sotuvni boshladi

Rossiyaning eng yirik marketpleyslaridan biri Ozon oʻz geografiyasini kengaytirib, Oʻzbekistondagi xaridorlarga sotuv yoʻllarini ochmoqda.

Endi fuqarolar Ozon platformasida turli toifadagi tovarlarning keng assortimentidan tanlab xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu Ozon logistika tarmog‘ining rivojlanishi va o‘zbekistonlik yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi munosabati bilan amalga oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-oktyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqalararo uchinchi hamkorlik forumi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Rossiyaning Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

Memorandumga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahalliy tadbirkorlar uchun o'quv kurslarini o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты