Rossiyaning “Letual” parfyumeriya tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda
Letual parfyumeriya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Kommersant” manbasiga tayanib.
“Kommersant”ning kosmetika bozoridagi manbasiga ko‘ra, Letual O‘zbekistondagi ko‘p sonli yosh iste’molchilarga va mamlakatga ko‘chib kelgan rossiyalik relokatorlarga tayanmoqda.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bozori oʻsib borayotgan iqtisodiyot va isteʼmol bozori, shuningdek, Rossiyadan emigratsiya toʻlqinining taʼsiri tufayli istiqbolli koʻrinmoqda.
Biroq, ekspertlar iste'molchilarning xohish-istaklari va to'lovga layoqatli talab to'g'risidagi ma'lumotlarning yetishmasligini xavf sifatida ta'kidlamoqda, bu esa sotuvlarning rejalashtirilgan darajaga erishishga imkon bermasligi mumkin.
Letual – 1997-yilda Maksim Klimov tomonidan asos solingan Rossiyadagi eng yirik parfyumeriya chakana savdo tarmog'i. Hozir kompaniya mamlakatning 250 ta shahrida 1 mingga yaqin do'konlarni boshqaradi. 2021-yilda kompaniyaning daromadi 21,7 foizga oshib, 1,06 milliard dollarni tashkil qilgan. Sof foydasi esa 44,4 foizga oshgan va 112,2 million dollarga yetgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Rossiyaning texnologik taʼlim tarmogʻi - "IThub" O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtiryotgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50219 | Инструменты