Prezidentning 7-maydagi qarori bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomalari tasdiqlandi.
25-yanvar kuni Xitoyning Universal Energy kompaniyasi bilan investitsiya shartnomalari imzolangan edi. Loyihalar uchun pudratchilar Universal Energy‘ning sho'ba koxonalari — Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta bo‘ladi. Loyiha uchun garov sifatida ular chet el bankidan umumiy qiymati 18 million dollarlik kafolatlar bergan.
Har bir loyiha doirasida 250 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari va havo elektr uzatish tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan. Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratmoqchi.
Ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr 25 yil davomida sotib olish majburiyatini olgan "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari"ga sotilishi kafolatlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты