Huawei 1
Tahlil: "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" tadbirkorlarga 17,1 trln so‘mlik yordam ko‘rsatdi

So‘nggi olti yil davomida «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan tadbirkorlarning 47 mingdan ortiq loyihalariga 17,1 trln so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘larning taqsimlanishi quyidagicha amalga oshirilgan: 13,5 ming loyihaga 10,4 trln so‘m kafillik, 33,5 ming loyihaga 6,7 trln so‘m kompensatsiya, 49 loyiha uchun 35 mlrd so‘m resurslar va 3 loyiha uchun 11,9 mlrd so‘m xizmatlar ipotekasi.

Hududlar bo‘yicha yordamlardan eng ko‘p foydalanilgan viloyatlar: Xorazm (12%), Toshkent (10%), Buxoro (9%) va Toshkent shahri (9%).

Sohalar bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar quyidagicha taqsimlangan: qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun 9,1 trln so‘m (53%), sanoat loyihalari uchun 4,4 trln so‘m (26%) va xizmat ko‘rsatish loyihalari uchun 3,6 trln so‘m (21%).Yordamlar eng faol foydalangan tuman va shaharlar: Bog‘ot, Chilonzor, Romitan, Urganch, Shovot, Zangiota, Gurlan, Buxoro, Andijon va Termiz.

“Yordamlar natijasida jami 76 trln so‘mdan ortiq kreditlar kafillik va kompensatsiya orqali qo‘llab-quvvatlandi, aylanma mablag‘lar uchun 6,7 trln so‘m mablag‘lar tadbirkorlar ixtiyorida qoldirildi, ajratilgan kreditlarning 39% garov ta’minoti bilan ta’minlandi, tadbirkor ayollarning 6 mingga yaqin loyihalariga yordam berildi, yashil loyiha va energiya tejamkor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,1 trln so‘m yo‘naltirildi, olis hududlardagi tadbirkorlar uchun 3,2 trln so‘m yo‘naltirildi va bularning hisobiga 379,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi”, — deya qayd etmoqda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ axborot xizmati.  

Xabarga ko‘ra, 2024 yil yakuniga qadar 2,1 ming loyiha uchun 1,4 trln so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilishi prognoz qilinmoqda. Bu mablag‘larning taqsimlanishi quyidagicha: 556 mlrd so‘m kafillik, 300 mlrd so‘m xizmatlar ipotekasi, 300 mlrd so‘m kredit resursi, 115 mlrd so‘m kompensatsiya va 84 mlrd so‘m ulushdor ishtirok.Yordamlar natijasida jami 2,2 trln so‘m miqdoridagi kreditlar qo‘llab-quvvatlanadi, aylanma mablag‘lar uchun 275 mlrd so‘m tadbirkorlarning ixtiyorida qoldiriladi, kreditlarning 40% garov ta’minoti bilan ta’minlanadi, yashil va energiya tejamkor loyihalar uchun 168 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, 1,2 mingdan ortiq tadbirkorlarga maslahatlar beriladi va 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan va moliyaviy yordamlar 2018 yildan ko‘rsatilish boshlangan. Prezidentning 2023 yil 10 noyabrdagi PF-193-son farmoniga asosan, kompaniya Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta’sischiligida tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты