Huawei 1
“Tez orada bizda ortiqcha "yashil" energiya bo‘ladi” — Energetika vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki (OIIB) bilan Yevropaga “yashil” energiya koridori loyihasining birinchi bosqichini boshlashga kelishib oldi. Bu haqda Ozarbayjonning Report axborot agentligi xabar berdi.

4-aprel kuni Bokuda uch mamlakat energetika vazirliklari, OTB va OIIB vakillari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat uch davlat energiya tizimlarini birlashtirish va Yevropaga “yashil” energiya yetkazib berish yo‘nalishini yaratishga qaratilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi kelishuv doirasida OTB loyihani moliyalashtirishga $1 mln ajratishini ma’lum qildi. TIAni o‘rganish jarayonida texnik yechimlar, ekologik ta’sir, xarahatlar va iqtisodiy samaradorlik tahlil qilinadi.

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminovning qayd etishicha, 2030-yilga borib Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati 30 GVtdan oshadi va ayrim hududlarda elektr energiyasi iste’molining o‘sish sur’ati yiliga 2−4% gacha pasayadi.

“Bu tez orada bizda ortiqcha „yashil“ elektr energiyasi paydo bo‘ladi degani”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Mamadaminovning ta’kidlashicha, “yashil” energiya koridori loyihasi Yevropaga ortiqcha qayta tiklanuvchi elektr energiyasini eksport qilish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, “muammoni imkoniyatga aylantiradi.”

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52112 | Инструменты