Huawei 1
Toshkent viloyatida sutkasiga 1 million m³ oqova suv tozalash quvvatiga ega bo‘lgan inshoot quriladi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” mahallasi hududida sutkasiga 1 mln m³ oqova suv tozalash quvvatiga (keyinchalik 1,5 mln m³) ega bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti va 42 kilometrli oqova suv kollektorlarini qurish ishlari ko‘zda tutilgan

Loyiha “Abu Dhabi Sustainable Water Solutions” va uning texnologik hamkorlari sifatida tanlangan SUEZ (Fransiya) va Marubeni (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha nafaqat texnik infratuzilmani rivojlantiradi, balki Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi sanitar-epidemiologik va ekologik holatni yaxshilaydi.

Taʼkidlash joizki, loyihaning amalga oshirilishi natijasida 1,5 millionga yaqin aholining oqova suv xizmati yaxshilanadi va 500 mingdan ortiq aholi hamda yuzdan ortiq korxona-tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты