Huawei 1
Xitoyda “Temiryo‘lkargo”ning vakolatxonasi ochildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining yuk operatori “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U Pekinda joylashgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu jamiyatining xalqaro ishtirokini kengaytiradi va multimodal yuk tashishlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Ochilish «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetovning 14−15 dekabr kunlari Xitoyga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

U Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR)dagi China Railway Urumqi Bureau Group rahbari Go Szyan va «Lyanyungan port kompaniyalari guruhi» MJCH partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari va port prezidenti Vang Guochao bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muhokamalarda hamkorlik istiqbollari, multimodal tashuvlarni tashkil etish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yuk aylanmasini ko‘paytirish, shuningdek, konteynerli blok-poyezdlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Xitoyning chegara punktlarida vagon va konteynerlarning kechikishi va to‘xtab qolishi masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Tomonlar o‘z hududlarida konteyner poyezdlari va vagonlar qatnovining tezlashuvi va harakatlanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121920 | Инструменты