Huawei 1
Yapon kompaniyasi bilan to'qimachilik va zargarlik yo'nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi

O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiyaning "Motherhouse Co., Ltd." kompaniyasi prezidenti va bosh dizayneri Eriko Yamaguchi bilan muzokaralar olib bordi

Uchrashuv davomida yapon tomoniga yurtimizga to'qimachilik, charmchilik va zargarlik yo'nalishlarini rivojlantirish, an'anaviy hunarmandlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan davlat siyosati, shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Eriko Yamaguchi joriy yilning noyabr oyida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining taklifiga ko'ra O'zbekistonga tashrif buyurganligi, uning davomida Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchilari uchun maxsus ma'ruza o'qiganligi, shuningdek, Farg'ona viloyatidagi ipakchilik, charmchilik va kulolchilik ustaxonalari faoliyati bilan tanishganligini ma'lum qildi. "O'zbekistonning an'anaviy hunarmandchiligi o'zining boy tarixi va o'ziga xosligi menda ajoyib taassurot qoldirdi va yangi loyihalarga amalga oshirishga ilhomlantirdi", - dedi Eriko Yamaguchi.

Uchrashuv yakunida O'zbekistonning to'qimachilik, charmchilik va zargarlik bo'yicha salohiyatini yanada kengroq o'rganish uchun "Motherhouse Co., Ltd." kompaniyasi vakillarining yurtimizga tashrifini amalga oshirish hamda yosh tadbirkor va hunarmandlar uchun onlayn mahorat darslarini tashkil qilishga kelishib olindi.

"Motherhouse Co., Ltd." kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo'lib, rivojlanayotgan davlatlarda to'qimachilik, charmchilik va zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorida sotish qilish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaning Bangladesh, Nepal, Indoneziya, Shri-Lanka, Hindiston va Myanmada fabrika va zargarlik ustaxonalari, shuningdek, Yaponiyada 46 ta, Tayvanda – 4 ta Singapurda – 2 ta savdo do'konlari mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122807 | Инструменты