Huawei 1
Yo‘l sohasida Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 7 ta istiqbolli loyiha amalga oshiriladi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Islom taraqqiyot banki missiyasi rahbari Emre Eser va missiya aʼzolari bilan uchrashdi. Jamshid Tursunov Islom taraqqiyot banki mutasaddilariga 4R40 “Dashtobod—Zomin—Baxmal—G‘allaorol avtomobil yo‘lining 24—182 (158 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishga rozilik bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

Qayd etish lozimki, Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda M39 “Almati—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 121 km qismida to‘rt tasmali asfalt-beton qoplamaga o‘tkazish bilan rekonstruksiya qilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Joriy yilda M39 avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati qismida 60 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi.   

Muloqot jarayonida Jamshid Tursunov Islom taraqqiyot bankiga 7 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif bildirdi. Islom taraqqiyot bankiga taklif etilayotgan 7 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi. Uchrashuv mobaynida har ikki tomon uzoq muddatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.   

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты