Huawei 1
Zelenskiy: Yo Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘ladi, yo biz NATOga qo‘shilamiz

Vladimir Zelenskiy AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan muloqotda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish zaruratini muhokama qilganini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevning yadroviy quroldan voz kechishi ham suhbat mavzularidan biri bo‘lgan. Zelenskiy bu haqda Yevropa kengashi yig‘ilishida ishtirok etib, g‘alaba rejasini taqdim etganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Ukraina yetakchisi Budapesht memorandumini yadro qurolidan voz kechgan Ukrainani himoya qila olmaydigan samarasiz kelishuv sifatida eslagan:

“Bu yirik yadroviy davlatlarning qaysi biri jabr ko‘rdi? Hammasimi? Yo‘q, faqat Ukraina. Kim yadroviy quroldan voz kechdi? Ukraina. Bugun kim jang qilmoqda? Ukraina”

U Tramp bilan suhbatda “yo Ukrainada yadroviy qurol bo‘lishi yoki mamlakat qandaydir ittifoqqa a’zo bo‘lishi kerak”ligini aytgan. Shuningdek, Zelenskiy hozirda NATOdan boshqa samarali ittifoqni bilmasligini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO davlatlari bugun urush holatida emas, shu sababli Ukraina yadro qurolini emas, alyansni tanlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты