Huawei 1
Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida o‘ldirilganini e’lon qildi.

“Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyalari chog‘ida HAMASning 3 nafar vakili yo‘q qilingan. Ulardan biri Yahyo Sinvar bo‘lishi mumkin. Hozirda o‘ldirilganlarning shaxsini tasdiqlab bo‘lmaydi”, deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.

Ushbu bayonotga ko‘ra, “zarba berilgan binoda garovga olinganlar yo‘q edi”. Avvalroq Sinvar G‘azoning yerosti tunnellarida yashirinib, o‘zini isroillik garovga olinganlar bilan o‘rab olgani aytilgandi.

Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, o‘ldirilganlarning DNK namunalari o‘rganilganda HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida halok bo‘lgani fakti tasdiqlangan.

Yahyo Sinvar G‘azo sektorida tug‘ilgan va HAMASning jangchilari qanoti asoschilaridan biri. U 22 yildan ortiq vaqtini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan va 2011-yilda falastinlik asirlarni garovga olingan isroillik askarlarga almashish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod etilgandi.

2017-yilda Sinvar G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisiga aylandi. Joriy yilning 31-iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniya o‘rniga (avgust oyi boshida) butun tashkilotga rahbar etib tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты