Huawei 1
Samarqandda yangi 400 o‘rinli talabalar turar-joy binosi sifatsiz qurilayotganligi aniqlandi

Samarqandda yangi 400 o‘rinli talabalar turar-joy binosi sifatsiz qurilayotganligi aniqlandi, deya xabar qildi viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi.

Qayd etilishicha, ishlar sifatsizligi bilan bir qatorda obyekt qurilishi hududiy qurilish nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda o‘zboshimchalik bilan olib borilmoqda. 

Davlat xususiy sheriklik asosida buyurtmachi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan bunyod etilayotgan mazkur obyektda inspeksiya xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi.  

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanib, obyektda qurilish ishlari to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101721 | Инструменты