Huawei 1
2024-yilda 195 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn auksionlar orqali sotildi

2024-yilda sotilgan eng qimmat avtoraqamning qiymati 965,3 mln so‘mni tashkil qildi

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 195 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn auksionlar orqali sotilgan. Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 965,3 mln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda birja orqali umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Birjada savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion ishga tushirilgan.

Eslatib  o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami salkam 1 milliard so‘mga sotilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21319 | Инструменты