Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olgan fuqaro va Shetsin shahrida qoqshol sabab vafot etgan fuqarolarning jasadi O'zbekistonga olib kelindi
Polshada vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi Vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Xususan, 24-avgust kuni Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olgan J.X. vafot etgan. Uning jasadi 5-sentabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan.
Shuningdek, 5-sentabr kuni Shetsin shahrida T.E. vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan. Jasad 20-sentabr kuni Toshkentga olib kelingan.
Har ikki holatda ham O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi mamlakat hukumati organlari bilan birgalikda jasadlarni vatanga qaytarish jarayonini muvofiqlashtirgan.
Jasadlarni olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты