“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 26–27-sentyabr kunlari mamlakat hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi.
Harorat juma kuni kunduzi 26-30 darajani, janubiy hududlarda 31-33 darajani tashkil etsa, shanba va yakshanba kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Kechalari havo harorati 9-14 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26–27-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Juma kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25-sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты