Huawei 1
Birjada 2 898,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, shakar, sement va bug'doy narsi tushdi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 24-30-iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 898,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 67,9% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 72,9% birja savdolariga, qolgan 27,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Birja savdolari orqali jami 2 113,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 10 505,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 7 532,0 tonnasi, yaʼni 71,7% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 179 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 881,1 ming so‘mdan 12 864,7 ming so‘mgacha pasaygan.

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 118 392,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 23,7 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 574,5 ming so‘mdan 570,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.

Bug‘doy

Birja savdolarida 13 849,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 10 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 770,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 005,4 ming so‘mdan 2 889,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты