Birjada 4,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, paxta yog‘i va sheluxa narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 22-yanvar-4-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 4 694,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 55,5% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 92,0% birja savdolariga, qolgan 8,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 4 319,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 8 380,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 8 181,0 tonnasi, yaʼni 97,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 228 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 633,0 ming so‘mdan 6 132,2 ming so‘mgacha pasaygan.

Paxta yog‘i

Birja savdolari orqali 2 305,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 489,8 ming so‘mdan 10 553,4 ming so‘mgacha pasaydi.

Sheluxa

Hafta davomida birja savdolariga 11 362,0 tonna paxta chigiti sheluxasi qo‘yildi va uning 3 442,0 tonnasi, yaʼni 30,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 962,9 ming so‘mdan 2 468,2 ming so‘mgacha pasaydi. Sheluxaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi  688,0 tonnani tashkil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты