O‘tgan hafta davomida, yaʼni 20-26-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 34 691 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,8% ga ko‘pdir.
Birja matbuot xizmati xabariga ko'ra, bitimlarning 42,1% birja savdolariga, qolgan 57,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 14 613 ta bitim tuzildi.
Sement
Birja savdolari orqali 66 748,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 13,4 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 477,1 ming so‘mdan 467,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 40 ta xaridor ishtirok etdi.
Paxta yog‘i
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 3 282,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 902,6 ming so‘mdan 13 773,2 ming so‘mgacha pasaydi.
Qora metall
O‘tgan haftada 4 751,0 tonna qora metall birja savdolari orqali sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 950,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi qora metallning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 175,9 ming so‘mdan 9 103,3 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты