Huawei 1
Birjada bir haftada 37 198 ta bitim tuzildi, bug'doy, texnik chigit va karbamid narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 3-9-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 37 198 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 22,2% ga ko‘pdir. Ularning 37,1% birja savdolariga, qolgan 62,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 13 811 ta bitim tuzildi.

Bug‘doy

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 55 272,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 44 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 11 054,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 509,9 ming so‘mdan 2 433,3 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.

Texnik chigit

Birja savdolariga 48 729,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 29 020,0 tonnasi, yaʼni 59,6% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 271,3 ming so‘mdan 4 082,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.

Karbamid 

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 14 562,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 5 200,0 tonnasi, yaʼni 35,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 730,8 ming so‘mdan 3 686,8 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21118 | Инструменты