O‘tgan hafta davomida, yaʼni 7-13-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 56 516 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 29,9% ga ko‘pdir. Ularning 48,6% birja savdolariga, qolgan 51,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 123,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 813 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 27 490 ta bitim tuzildi.
Sement
Birja savdolari orqali 161 544,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 32,3 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 579,1 ming so‘mdan 569,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 72 ta xaridor ishtirok etdi.
Un
Birja savdolariga 54 227,0 tonna un qo‘yildi va uning 19 689,0 tonnasi, yaʼni 36,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 138 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 485,5 ming so‘mdan 3 478,8 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 3 938,0 tonnani tashkil qildi.
Ammiakli selitra
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 60 839,0 tonna ammiakli selitra sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 12 168,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitraning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 727,1 ming so‘mdan 2 648,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 321 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41808 | Инструменты