Birjada paxta yog'i va tolasining narxi pasaydi

26-sentyabr–2-oktabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 983,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 11,4% ga ko‘pdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu sotuvlarning 79,0% - birja savdolari; 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 20,7% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 358 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 6 616,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi, undan 3 609,0 tonnasi, ya’ni 54,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 42 xaridor ishtirok etib, o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 722,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 442,0 ming so‘mdan 13 729,8 ming so‘mgacha, ya’ni 16,5% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 353,7 ming tonna sement qo‘yilib, 180,0 ming tonnasi, ya’ni 51% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 36,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 605,1 ming so‘mdan 589,9 ming so‘mgacha, ya’ni 2,5% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 300 xaridor ishtirok etdi.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 014,0 tonna paxta tolasi qo‘yildi va undan 2 009,0 tonnasi, ya’ni 99,7% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 402,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 23 823,0 ming so‘mdan 21 889,1 ming so‘mgacha, ya’ni 8,1% ga pasaydi.

Avvalroq, birjada suyultirilgan gaz narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4,1 mln so‘mdan 3,9 mln so‘mga, paxta tolasi esa 24 786,0 ming so‘mdan 22 186,4 ming so‘mgacha pasaygani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты