O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uzex.uz elektron savdo tizimida davlat buyurtmachilari tomonidan xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish bilan bog‘liq xaridlarni amalga oshirish jarayonlari soddalashtirildi.
Endilikda mazkur xaridlarni amalga oshirish uchun birjaning savdo tizimiga tegishli eʼlonlar va ularning natijalarini joylashtirish jarayonlari davlat buyurtmachilardan kamroq vaqt va xarakatlarni talab etadi.
Kiritilgan yangilik xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlarining samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, birjaning davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uzex.uz savdo tizimida davlat buyurtmachilari tomonidan xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish bilan bog‘liq xaridlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12116 | Инструменты