O'zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 1-aprel holatiga 14,3 trln so‘mni tashkil etdi

Bank tizimida muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2023 yil 1-aprel holatiga 3,5 foizni (14,3 trln so‘m) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foiz bandga pasaygan. Bunda, korporativ kreditlarning NPL qismi mos ravishda 1,2 foiz bandga pasayib, 3,5 foizni, chakana kreditlarda esa 2,3 foiz bandga pasayib, 3,6 foizni tashkil etgan

Valyutalar qirqimida NPLning 67 foizini milliy valyutadagi va 33 foizini xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etsa, mijozlar qirqimida 27 foizi jismoniy shaxslar va 73 foizi korporativ mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda NPL ulushi ipoteka kreditlari bo‘yicha 21 foizni (810 mlrd so‘m), mikroqarzlarda 8 foizni (311 mlrd so‘m) va avtokreditlarda 4 foizni (152 mlrd so‘m) va tashkil etgan.

Kredit qo‘yilmalarida NPL ulushi tarmoqlar qirqimida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishda 10,9 foiz, qurilish sohasida 7,8 foiz, savdo va umumiy xizmat sohasida 7,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 3,8 foiz, sanoat sohasida 2,8 foiz darajasida shakllangan. 

Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tarmoqlar kesimida NPL ulushi uy-joy kommunal xizmatlar sohasida 8,5 foiz, qishloq xo‘jaligida 2,8 foiz, qurilish sohasida 1,5 foiz hamda savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 1,2 foiz bandga pasaygan.

Tijorat banklari kredit portfelidagi NPLning ulushi bo‘yicha guruhlanganda 20 ta bankda 3 foizgacha (bank tizimi jami aktivlarida ulushi 65 foiz), 4 ta bankda 3,1 dan 5 foizgacha (24 foiz) bo‘lsa, 9 ta bankda 5,1 foizdan yuqori bo‘lib, ularning jami aktivlardagi ulushi 11 foizni tashkil etgan. 

Shuningdek, o‘tgan yil davomida tizim bo‘yicha NPLning kamayishi natijasida, NPL ulushi 3,1 foizdan 5 foizgacha bo‘lgan 7 ta bankda 3 foizgacha pasaygan bo‘lsa, NPL ulushi 5,1 foizdan yuqori bo‘lgan banklar soni va ularning tizim bo‘yicha aktivlardagi ulushi o‘zgarishsiz qolgan. Kredit xatarlarining banklar moliyaviy barqarorligiga bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatish maqsadlarida banklar tomonidan shakllantirilgan jami zaxiralar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oshgan. 

Banklarda muammoli kreditlarni zaxiralar bilan qoplanish darajasi 27 foiz bandga oshib, 2023 yil 1 aprel holatiga qariyb 100 foiz shakllantirilgan. Sof NPL1ning kapitalga nisbati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foiz bandga kamayib, 9,4 foizni tashkil etgan. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekiston banklari I chorakda 54 trln so‘m kreditlar ajratgani haqida xabar bergan edik


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50310 | Инструменты