Ta'lim kreditini qaysi banklardan olsa bo'ladi?
2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxatiga qaysi banklar kiradi? Bu bo'yicha Moliya vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berib o'tgan.
Unga ko'ra, oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim krediti olishning yangi yengillashtirilgan mezonlari ishlab chiqildi.
Unda ma'lum qilinishicha, talabalar quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin:
⁃ Milliy bank;
⁃ Sanoatqurilishbank;
⁃ Agrobank;
⁃ Mikrokreditbank;
⁃ Xalq bank;
⁃ Qishloqqurilishbank;
⁃ Turon banl;
⁃ Hamkorbank;
⁃ Asaka bank;
⁃ Ipoteka bank;
⁃ Orient Finans bank.
Quyida ularning ishonch raqamlarini keltirib o'tamiz:

Eslatib o'tamiz, avvalroq, 2021/2022 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilayotgani va undagi tartiblar qanday bo'lishi haqida xabar berilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31120 | Инструменты