"UZCARD" va "HUMO" bankomatlariga integratsiya qilingan banklar soni 16 taga yetdi
Avvalroq “UZCARD” va “HUMO"ning integratsiya ishlari yakunlanib, barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash 1-iyundan boshlanishi ma’lum qilingandi.
Texnik ishlar yakunlanib, pilot rejimida ikkita — “UZCARD"ga ulangan va “HUMO” bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” bankomati hamda “HUMO"ga ulangan va “UZCARD” kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” bankomatlari ishlayotgandi.
“HUMO” matbuot xizmati to‘lov tizimi bankomatlarida “UZCARD” kartalari bo‘yicha pul operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud banklar ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, mazkur xizmatdan quyidagi banklarning bankomatlari orqali foydalanish mumkin:
- “Kapital Bank”;
- “Xalq Bank”;
- “Agro Bank”;
- “Aloqa Bank”;
- “Ipoteka Bank”;
- “Mikrokredit Bank”;
- “Hamkor Bank”;
- “Qishloq Qurilish Bank”;
- “InfinBank”;
- "Asia Alliance Bank";
- “Garant Bank”;
- “Tenge Bank”;
- “Trast Bank”;
- “Turon Bank”;
- “NBU Bank”;
- “Asaka Bank”.
“Integratsiya jarayonidan o‘tgan banklar soni ko‘payib bormoqda”, - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40510 | Инструменты