Huawei 1
12-iyun: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Darvin Nunyez — rasman "Liverpul" futbolchisi. Uning Mersisayd klubidagi taxminiy maoshi haftasiga 120 ming funt bo'ladi;

* Zinedin Zidan bu haftada ham PSJning navbatdagi taklifini rad etdi. Endi Parij klubi jamoaga Xavini olib kelishni rejalashtirmoqda;

* Rasman: Andrea Pirlo Turkiyaning "Fatih Karagumruk" klubi bosh murabbiyiga aylandi;

* U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasida Janubiy Koreya – Yaponiya uchrashuvida kunchiqar yurt vakillari 0:3 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston yarim finalda yaponlarga qarshi bahs olib boradi;

* "Manchester Siti" Bernardu Silva uchun "Barselona" eng kamida 90 mln yevro to'lashini istamoqda. Aks holda uni sotmoqchi emas;

* "Atletiko" hujumchisi Luis Suarezning xizmatlariga "Latsio" qiziqish bildirmoqda. Klub uning agenti bilan aloqaga chiqqan;

* Erling Holand Norvegiya terma jamoasi safida 21-o'yinida o'zining 20-golini urishga muvaffaq bo'ldi;

* Fabritsio Romano: "Bavariya" "Liverpul" bilan Mane transferi bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin. Tez orada barchasi hal etiladi;

* Millatlar Ligasi yangi mavsumi guruh bosqichi navbatdagi turidan o'rin olgan Ispaniya – Chexiya bahsida ispanlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi;

* Millatlar Ligasi yangi mavsumi guruh bosqichi navbatdagi turidan o'rin olgan Shveysariya – Portugaliya bahsida portugallar 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi;

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92021 | Инструменты