Huawei 1
25-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Deyarli rasman: Aleksandr Isak "Nyukasl" futbolchisi. Transfer narxi 65+5 mln yevroni tashkil etgani aytilmoqda;

* Rio Ferdinand: "Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning fikri Ronaldu uchun motivatsiyadir. U har doim shu usulni qo'llab kelgan;

* "Manchester Yunayted" "Barselona" hujumchisi Memfis Depay uchun kataloniyaliklarga 10 mln yevro to'lab berishga tayyor;

* "Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar "Manchester Yunayted"dan tushgan taklifni rad etdi. U myunxenliklar safida qolmoqchi;

* Emil Smit-Rou: "Men o'ynagan eng yaxshi stadion bu — "Enfild". U yerdagi muxlislar rosmana ma'noda hayratlanarli edi. Bu men o'ynagan eng ajoyib atmosfera edi;

* Agar Uesli Fofana faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradigan bo'lsa, unda "Lester" dortmundliklar yarim himoyachisi Manuel Akanjini sotib olmoqchi. Shuningdek, unga "Inter" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda;

* "Barselona" hamda "Yuventus" klublari Memfis Depay transferi bo'yicha barcha muzokaralarni yakunlashdi. Niderlandiyalik hujumchi katta ehtimol bilan Turin klubiga o'tmaydi;

* Paolo Maldini: "Biz qur'a natijalaridan mamnunmiz. Guruhda "Milan" va "Chelsi" favoritdek ko'rinmoqda, biroq hali Zagreb va Zalsburg klublari ham bor, ularga qarshi o'yin oson bo'ladi, deb o'ylamayman. Bizga qarshi o'ynaganlar ancha qiynaladi;

* "Real Madrid" UEFA tomonidan yilning eng yaxshi o'yinchi sovrinini 3 xil futbolchisi qo'lga kiritgan tarixdagi yagona klubga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82111 | Инструменты