Huawei 1
Yer yuzidagi eng keksa odam vafot etdi

Yer yuzidagi eng keksa odam Mariya Branyas Morera vafot etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ayol 1907-yilda Qo'shma Shtatlarda tug'ilgan. U oʻzining uzoq umri davomida ispan grippi pandemiyasi (1918–1920), Ispaniya fuqarolar urushi (1936–1939), ikkita jahon urushi va COVID-19 pandemiyasining boshlanishi va asosiy bosqichini boshidan kechirdi.

Ayol so'nggi tug'ilgan kunini 2024-yilning mart oyida nishonlagan. U umrining oxirigacha hushyorlikni saqladi, buni u bilan suhbatlashgan shifokorlar qayd etishdi. O'zini zaif his qilgan va o'limiga yaqinlashib qolgan Mariya Branyas ijtimoiy tarmoqlardagi oilaviy akkauntidan oilasi va do'stlariga u tufayli yig'lamasliklarini iltimos qilib, "qayerga bormasin" baxtli bo'lishini va'da qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты