Huawei 1
Toshkent va Jizzaxda hokim yordamchilari pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘allaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты