Huawei 1
Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga axlat tashlagan mas’ul xodim jarimaga tortildi

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markaziga Bo‘zsuv kanali va uning bo‘ylari chiqindixonaga aylanayotgani haqida murojaat kelib tushgan.

Murojaat markazning Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Uchtepa tumani inspektorlari, Toshkent shahar hududiy filiali hamda Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi mas'ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Jarayonda kanal qirg‘oqlarida chiqindilar mavjudligi va qarovsiz holatga kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jalb qilinganda, Bo‘zsuv kanali qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida soz tuproq bilan to‘ldirilganda tuproq orasida qurilish chiqindilari bo’lganligi ma’lum bo’ldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallar boshqarmasi mas’ul xodimi M.T. ismli shaxsga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK.ning  91¹-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты