Huawei 1
“Amerika, men senga borimni berdim”. Demokratik partiya qurultoyi Baydenning chiqishini olqishlar bilan qarshiladi

Jo Bayden dushanba kuni Chikagoda Demokratik partiyaning milliy qurultoyida ta’sirli xayrlashuv nutqini so‘zladi va qarsaklarga sazovor bo‘ldi. Nutqdan oldin sahnada kutilmaganda Kamala Xarris paydo bo‘lib, "aql bovar qilmas" prezident bo‘lgani uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

"Jo, tarixiy yetakchiligingiz, butun umr xalqimiz uchun xizmat qilganingiz va davom ettirayotgan barcha ishlaringiz uchun sizga rahmat. Biz sizdan toabad minnatdormiz", – dedi Xarris va partiyaning barcha tarafdorlarini ideallar uchun kurashishga chaqirdi.

"Sizlarning ko‘pchiligingiz kabi men ham o‘z qalbim va kuchimni shu mamlakatga berdim. Men sizlarni sevaman", — dedi ko‘zda yosh bilan yig‘ilganlarga qarata 81 yoshli prezident olqishlar ostida. "Biz ham seni sevamiz, Jo" — deya hayqirdi bir oycha vaqt oldin uni keksayib qolgani uchun prezidentlik uchun nomzodini qaytarib olishga majbur qilgan partiyadoshlari.

"Ikkimiz ham hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini bilamiz, ammo biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqdamiz", — degan Bayden o‘zi va bir necha hafta ichida prezidentlik poygasida o‘zgarish yasay olgan Xarrisni nazarda tutib.

2020 yilda Amerikada ilk qora tanli ayol vitse-prezident bo‘lishga erishgan Kamala Xarris Demokratik partiyaga yangi hayot bag‘ishladi va jamoatchilik o‘rtasidagi so‘rovlarda respublikachilar nomzodi Donald Trampdan o‘zib ketdi.

U konvensiyaning so‘nggi kunida sahnaga chiqishi belgilangani holda an’anani buzib, yarim asrlik faoliyatidagi eng qiyin daqiqalarda Baydenga katta hurmat ko‘rsatdi va sahnaga chiqib keldi.

Bayden qurultoyga oila a’zolari bilan birga kelgandi, uni rafiqasi Jill Bayden va qizi Eshli sahnaga taklif etdi.

O‘z nutqida Bayden nafaqat tarixdagi o‘rni haqida gapirdi, balki o‘z vitse-prezidentiga hurmat bajo keltirib, u Oq uyda o‘z o‘rnini egallashiga umid bildirdi.

"[O‘tgan saylovlarda] Kamalani tanlaganim birinchi qarorim bo‘lgandi va bu butun faoliyatim davomida qabul qilgan eng yaxshi qarorimdir, — degan u. — U qattiqqo‘l, tajribali va nihoyatda halol".

Demokratlar Chikagoga ko‘tarinki kayfiyatda kelishdi va g‘alabaga ishonishmoqda, holbuki bir necha hafta oldin, Baydenning Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan keyin buni tasavvur qilib bo‘lmasdi.

BBC’ning Shimoliy Amerikadagi muxbiri Entoni Zurker qayd etishicha, prezident uchun olqishlarni uning prezidentlik poygasidan chiqish qarori uchun minnatdorchilik belgisi sifatida ham, 1972 yilda, 29 yoshida ekanida Kongressga saylanganida boshlangan boy siyosiy karerasiga hurmat bajo keltirish sifatida ko‘rish ham mumkin.

Bayden o‘z nutqi yakunini Kamala Xarrisga bag‘ishlagan bo‘lsa-da, bu oqshom chiqish qilgan oratorlarning ko‘pchiligi Oq uyning hozirgi egasiga salomlarini yo‘llashdi.

Sahnada oqshom boshida paydo bo‘lgan Hillari Klinton yig‘ilganlarga mister Bayden "Oq uyga qadr-qimmat, tartib va layoqatlilikni qaytargani"ni aytdi.

Seshanba kuni qurultoy ishtirokchilari qarshisida Barak Obama nutq so‘zlaydi. Chorshanba kuni esa Bill Klintonning navbati keladi. Ularning ikkisi ham — sobiq prezidentlar va o‘z nomzodlarini ikkinchi marta ilgari surishganida g‘olib bo‘lishgan. Baydenda esa bunday imkoniyat bo‘lmaydi. Uning qurultoydagi nutqi, agar keyingi besh oy ichida qandaydir g‘ayrioddiy voqea ro‘y bermasa, prezidentning Amerika televiyeniyesining bu qadar keng auditoriyasiga yo‘llagan so‘nggi murojaati bo‘lib qoladi.

Amerika nashrlariga ko‘ra, Bayden hali ham yo‘lni Xarrisga bo‘shatib berishga majbur qilishganidan xafaligi tarqamagan — u Trampni yengishim mumkin edi deb hisoblamoqda. Ammo u qarorga qo‘shilganini aytmoqda.

Nutqini yakunlab, AQSh sharqiy sohilida yarim tun bo‘lganida, prezident qurultoyni tark etdi va dam olish uchun Kaliforniyaga yo‘l oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты