Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda tuman hokimining qo‘pol munosabatidan so‘ng vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Holatga tuman hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyun kuni tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etgan va unda ularga zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilgan.
Hokimlik yig‘ilish tankidiy ruhda o‘tgani, lekin tuman hokimi Elyorbek Asronqulov tomonidan haqoratli so‘z ishlatilmagan.
Hokimlik matbuot xizmati tomonidan berilgan munosabatda Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev yig‘ilish paytida sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli faoliyatini to‘xtatmoqchiligini aytib, yig‘ilishni tark etgani, hokimlikning tashqi hovlisida sog‘ligi yomonlashgani sababli tez yordam chaqirilgani, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani ta’kidlangan. Ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan mahlla raisi vafot etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82712 | Инструменты