Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubi tarixidan joy oladi.
Tez orada «Manchester Siti» futbolchisiga aylanadigan o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi uchun Angliya chempioni Fransiya klubiga 40 million yevro transfer puli to‘laydi. Avvalroq, xabar qilinganidek kelishuvga ko‘ra, bu mablag‘ turli bonuslar bilan 50 million yevroga yetishi mumkin.
Shu tariqa, Abduqodir Husanov 40 mln yevro va bonuslar hisobiga ko‘ra, “Lans” tarixidagi eng qimmat sotilgan o‘yinchiga aylanadi.
Klub o‘zbek futbolchisini 100 ming yevroga sotib olganini inobatga olsak, Husanov lansliklarga eng katta foyda keltirgan transferga ham aylanadi.
Maʼlumot uchun, bungacha “Lans” tarixida eng qimmat transfer belgiyalik Lois Opendaning 2023 yilda bonuslar bilan hisoblaganda jami 40 mln yevro evaziga “Leypsig”ga ko‘chib o‘tgani sanalardi. Uchlikdan Vahining “Marsel”ga o‘tgani va Seko Fofananing “An-Nasr”ga o‘tgan ham joy olgan. Har ikki o‘yinchi uchun ham lansliklar 25 mln yevrodan olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11116 | Инструменты